NUR

Zabur 60

Ijrochilar rahbariga. Torli asboblar jo‘rligida. Dovud sanosi.

1Eshitgin, ey Xudo, ohu nolamni, Tinglagin mening ibodatimni.

2Yerning u chetidan Senga yolvoraman, Yuragim qon bo‘lganda, Seni chaqiraman. Yetib bo‘lmas baland qoyaga meni olib chiqqin.

3Sen mening panohim bo‘lgandirsan, Dushmanimga qarshi mustahkam minorasan.

Nur ilovasida to'liq o'qish →