NUR
Zabur 57
Ijrochilar rahbariga. “Xarob etma” kuyiga aytilgan. Dovud qo‘shig‘i.
1Ey hukmdorlar! Nahot siz adolatli qaror chiqarasiz?! Nahot sizlar to‘g‘rilik ila xalqlarni hukm qilasiz?!
2Yo‘q, axir, yuraklaringiz adolatsizlikka to‘la–ku! Yer yuzida qo‘llaringiz zo‘ravonlikni taqsimlaydi–ku!
3Fosiqlar onasining qornidayoq adashadi, Yolg‘onchilar tug‘ilishdanoq yo‘ldan ozadi.