NUR
Zabur 37
Dovud sanosi. Bizni Egamizning yodiga solish uchun aytilgan.
1Ey Egam! G‘azab bilan menga tanbeh bermagin, Qahring sochib, menga jazo bermagin.
2O‘qlaring ichlarimni teshib o‘tdi, Qo‘llaring ustimga bosib tushdi.
3Butun tanam xastadir g‘azabingdan, Sog‘ligim yo‘qolgan gunohlarim dastidan.