NUR
Zabur 17
Ijrochilar rahbariga. Egamizning quli Dovudning sanosi. Dovudni Egamiz barcha dushmanlari va Shoul qo‘lidan ozod etgan kunda, Dovud bu qo‘shiqni Unga atab kuylagan.
1Seni sevaman, ey Egam, mening qudratim.
2Egam suyangan qoyamdir, mening qal’am, qutqaruvchimdir. Ha, Xudodir mening qoyam, Unda panoh topaman. Udir mening qalqonim, bahodir kurashchim, qo‘rg‘onim.
3Egamga iltijo qilaman, G‘animlarimdan U meni xalos qiladi. Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!