NUR

Zabur 109

Dovud sanosi.

1Egamiz aytmoqda hazratimga: “Dushmanlaringni oyoqlaring ostiga poyandoz qilmagunimcha, Sen Mening o‘ng tomonimda o‘tirgin.”

2Ey hazratim! Egamiz sening hukmronligingni Quddusdan boshlab kengaytirar! Dushmanlaring o‘rtasida sen hukmronlik qil!

3Sen jang qiladigan kunda Jangchilaring o‘z xohishi bilan maydonga chiqadi. Erta tong yosh yigitlaring Shabnam kabi atrofingda to‘planadi, Ular muqaddas ulug‘vorlikka burkangan.

Nur ilovasida to'liq o'qish →