NUR
Sahroda 36
1Bir kuni Gilad urug‘ining urug‘boshilari Muso bilan Isroil yo‘lboshchilari oldiga kelishdi. Gilad Moxirning o‘g‘li, Manashening nevarasi, Yusufning evarasi edi.
2— Ey, Muso hazratlari, — deya murojaat qilishdi ular. — Egamiz sizga, Isroil xalqiga qur’a bo‘yicha yerni mulk qilib ber, deb amr qilganda, inimiz Zalofxodning mulkini qizlariga berishingizni aytgan edi.
3Bordi–yu, Zalofxodning qizlari Isroilning boshqa qabilasidagi yigitlarga turmushga chiqsalar, ularning mulki turmushga chiqqan urug‘ning mulkiga qo‘shiladi. Shunda qabilamiz ulush qilib olgan yerning bir qismidan ajralib qoladi.