NUR
Sahroda 35
1Mo‘ab tekisligida, Yerixo shahrining ro‘parasidagi Iordan daryosi bo‘yida Egamiz Musoga dedi:
2“ Isroil xalqiga buyur, ular mulk qilib oladigan yeridan levilarga yashash uchun shaharlar berishsin. Shuningdek, shaharlarning atrofidagi yaylovlarni ham berishsin.
3Shaharlar levilarga vatan bo‘ladi, yaylovlar esa mol–holi uchun yaraydi.