NUR
Sahroda 33
1Muso Egamizning amriga ko‘ra, safar davomida qarorgoh qurilgan joylarning nomlarini birma–bir ro‘yxat qilib yozgan edi. Muso va Horun boshchiligida Misrdan qabila–qabila bo‘lib chiqqan Isroil xalqining to‘xtagan joylari quyidagilardir:
2Birinchi oyning o‘n beshinchi kunida, Fisih ziyofatining ertasiga Isroil xalqi Ramzes shahrini tark etdi. Ular jamiki Misr xalqining ko‘zi oldida shaxdam qadam bilan Misrdan chiqib ketishdi.
3Shu vaqtda Misrliklar Egamiz nobud qilgan hamma to‘ng‘ich o‘g‘illarini dafn qilayotgan edilar. Egamiz shu yo‘sinda Misr xudolarini mahkum etgan edi.