NUR

Sahroda 27

1Bir kuni Zalofxodning qizlari Uchrashuv chodiri kiraverishiga kelishdi. Zalofxod Xaferning o‘g‘li, Giladning nevarasi, Moxirning evarasi, Yusuf o‘g‘li Manashening chevarasi edi. Xullas, Zalofxod Manashe urug‘idan edi. Zalofxod qizlarining ismlari Maxlo, Nuvah, Xo‘glax, Milxo va Tirza edi. Ular Muso, ruhoniy Elazar, yo‘lboshchilar va butun jamoaning oldida turib shunday deyishdi:

2— Otamiz sahroda vafot etdi. U Egamizga qarshi yig‘ilgan Ko‘raxning to‘dasiga sherik bo‘lmagan, o‘z gunohi tufayli olamdan o‘tdi. Otamizning o‘g‘li yo‘q.

3O‘g‘li bo‘lmagani uchun otamizning nomi urug‘i orasidan o‘chib ketishi kerakmi? Bizga ham amakilarimiz qatori yerni mulk qilib beringlar.

Nur ilovasida to'liq o'qish →