NUR
Sahroda 22
1Isroil xalqi yo‘lda davom etdi. Mo‘ab tekisliklariga yetib kelib, Yerixo shahrining ro‘parasida — Iordan daryosining sharqida qarorgoh qurdi.
2Isroil xalqi Amor xalqini qanday ahvolga solgani haqidagi xabar Mo‘ab shohi Zippur o‘g‘li Boloqqa ham yetib borgan edi.
3Isroil xalqi ko‘pligidan butun Mo‘ab xalqi qattiq vahimaga tushgandi.