NUR
Sahroda 2
1Egamiz Muso bilan Horunga yana dedi:
2“ Isroil xalqining har bir qabilasi chodirlarini o‘z qarorgohida, o‘z xonadoni tamg‘alari ostida o‘rnashtirsin. Ular chodirlarini Uchrashuv chodirining aylanasiga, undan ma’lum bir masofada tikishsin.
3Uchrashuv chodirining sharq tomonida chodir tikadigan qabilalar Yahudo qarorgohida guruh–guruh bo‘lib joylashsin. Yahudo qabilasining yo‘lboshchisi Ominadov o‘g‘li Naxsho‘ndir.