NUR
Sahroda 14
1Keyin butun jamoa fig‘on chekib, tun bo‘yi yig‘i–sig‘i qilib chiqdi.
2Jamiki Isroil xalqi Muso va Horundan ming‘irlab nolib, ularga shunday dedi: — Qaniydi, Misrda o‘lib ketganimizda yoki shu sahroda jon berganimizda edi!
3Agar jangda qirilib ketadigan bo‘lsak, nima uchun Egamiz bizni o‘sha yurtga olib boryapti? Bizning xotinu bola–chaqalarimiz dushmanga o‘lja bo‘ladi–ku! Bundan ko‘ra, Misrga qaytib ketganimiz yaxshiroq emasmi?!