NUR
Naximiyo 3
1Oliy ruhoniy Eliashab qo‘li ostidagi ruhoniylar bilan ishga kirishib, Qo‘y darvozasini qaytadan qurdilar. So‘ngra darvozani Xudoga bag‘ishlab, darvozaning qanotlarini o‘rnatdilar. Miyo minorasidan Xanonil minorasigacha bo‘lgan devorni ham Xudoga bag‘ishladilar.
2Yerixo shahridan bo‘lgan erkaklar devorning keyingi qismini qurdilar. Ulardan keyingi qismini esa Imri o‘g‘li Zakkur qurdi.
3Xassano urug‘i Baliq darvozasini qurdi. Ular darvozaning yondorlarini tiklab, darvoza qanotlarini, zulfinlarini, tambalarini o‘rnatdilar.