NUR
Naximiyo 2
1Shoh Artaxshas hukmronligining yigirmanchi yili, Nison oyi edi. Bir kuni shohga sharob keltirildi. Men sharobni olib kirib, unga uzatdim. Shoh qarshisida men hech qachon g‘amgin ahvolda bo‘lmagandim.
2Shuning uchun shoh mendan so‘radi: — Nega g‘amgin ko‘rinasan? Kasalga o‘xshamaysan–ku! Yuragingda biror darding bo‘lsa kerak–a? Men qattiq qo‘rqib ketdim,
3shunga qaramay shohga dedim: — Shoh hazratlarining umrlari uzoq bo‘lsin. Ota–bobolarimning qabrlari joylashgan shahar tashlandiq bo‘lib, o‘sha shaharning darvozalari yondirib yuborilsa–yu, nega g‘amgin bo‘lmayin?! —