NUR
Naximiyo 13
1O‘sha kuni xalqqa Musoning kitobidan o‘qib berildi. U yerda shunday yozilgan ekan: “Ommonliklar va Mo‘abliklar Xudoning jamoasiga kirolmaydi,
2chunki Isroil xalqi Misrdan chiqqanda, Ommonliklar va Mo‘abliklar ularni non va suv bilan kutib olmadilar. Aksincha, Isroil xalqini la’natlash uchun Balomni yolladilar. Lekin Xudoyimiz la’natni duoga aylantirdi.”
3Isroil xalqi Tavrot so‘zlarini eshitgach, Isroil jamoasidan hamma begona nasllarni chiqarib yubordi.