NUR
Mark 12
1Iso xalqqa masallar orqali so‘zlay boshladi: “Bir odam uzumzor barpo qilibdi. Atrof–tevaragini devor bilan o‘rab, uzum siqadigan chuqur qazibdi, kuzatuv minorasini quribdi. Keyin uzumzorni bog‘bonlarga ijaraga berib, o‘zi safarga ketibdi.
2Yig‘im–terim mavsumida, uzumzor hosilidan tegishli ulushini olish uchun o‘sha odam xizmatkorini bog‘bonlar oldiga yuboribdi.
3Bog‘bonlar esa uni tutib olishibdi, kaltaklab, qup–quruq qaytarib yuborishibdi.