NUR
Mark 11
1Iso shogirdlari bilan Quddusga yaqinlashib qolgan edilar. Ular Zaytun tog‘i etagidagi Baytfagiya va Baytaniya qishloqlariga yetib kelayotganlarida, Iso shogirdlaridan ikkitasiga dedi:
2— Anavi qishloqqa boringlar. U yerga kirishingiz bilanoq, bog‘liq turgan va hech qachon minilmagan xo‘tikni ko‘rasizlar. O‘sha xo‘tikni yechib, bu yerga olib kelinglar.
3Agar kimdir sizlardan: “Nima qilyapsizlar?” deb so‘rab qolsa, “Bu xo‘tik Rabbimiz Masihga kerak, xo‘tikni U darhol bu yerga qaytarib yuboradi”, deb javob beringlar.