NUR
Mixo 1
1Yahudo shohlari Yo‘tom, Oxoz va Hizqiyo hukmronlik qilgan davrlarda Egamiz Mo‘rashatlik Mixo payg‘ambarga O‘z so‘zini ayon qilib turdi. Samariya va Quddus haqida Egamiz aytgan bu so‘zlar Mixo payg‘ambarga vahiy orqali ayon bo‘ldi.
2Quloq tuting, ey xalqlar! Quloq soling, yer yuzida yashovchilar! Egamiz Rabbiy sizlarga qarshi guvohlik beradi. Muqaddas Ma’badidan Rabbiy gapiradi.
3Ana, Egamiz O‘z maskanidan chiqyapti, Tog‘ cho‘qqilarini bosib kelyapti.