NUR
Matto 9
1Iso qayiqqa tushib, ko‘lning narigi tomonidagi Kafarnahum shahriga suzib bordi. U o‘sha paytda Kafarnahumda yashardi.
2Iso shaharga kirishi bilanoq bir necha kishi Uning oldiga to‘shakda yotgan bir shol odamni ko‘tarib keldilar. Iso ularning ishonchini ko‘rib, sholga: — Dadil bo‘l, o‘g‘lim, gunohlaring kechirildi, — dedi.
3Shunda Tavrot tafsirchilaridan ba’zilari o‘zlaricha: “Bu Odam kufrlik qilyapti–ku!” — deyishdi.