NUR
Matto 28
1Shabbat kunining ertasiga, yakshanba kuni tongotarda Magdalalik Maryam bilan boshqa Maryam qabrni ko‘rgani borishdi.
2Shunda to‘satdan qattiq zilzila bo‘ldi, chunki Egamizning farishtasi osmondan tushib, qabr og‘zidagi toshni ag‘darib yubordi. Farishta o‘sha tosh ustiga o‘tirdi.
3Uning qiyofasi yashinday porlardi, kiyimlari qorday oppoq edi.