NUR
Matto 19
1Iso bu gaplarini tugatgandan keyin, Jalilani tark etdi. U Iordan daryosining narigi tomonidagi Yahudiya o‘lkasiga bordi.
2Bir talay olomon Isoga ergashib borgan edi. Iso u yerda xastalarga shifo berdi.
3Bir necha farziylar Isoning oldiga keldilar va Uni sinamoqchi bo‘lib so‘radilar: — Qonunga ko‘ra, erkak kishi har qanday sabab bilan o‘z xotinidan ajralishi mumkinmi?