NUR
Malaki 4
1Sarvari Olam shunday deydi: “Ana, qiyomat kuni yaqinlashib qoldi. O‘sha kun lovullagan tandirday bo‘ladi. Takabburlar bilan yovuzlarning hammasi go‘yo xas–cho‘pdir. Kelayotgan o‘sha kuni hammasi yondirib tashlanadi. Ulardan na shoxlar, na ildizlar qoladi.
2Sizlar uchun esa, ey nomimni eshitib qo‘rqadiganlar, zafar quyosh kabi ko‘tariladi, sizlarga shifo nurlarini sochadi. Ha, sizlar shodlanasizlar. Og‘ilxonadan qo‘yib yuborilgan buzoqlarday sakraysizlar.
3Yovuzlarni bosib ezasizlar. Ha, Men belgilagan o‘sha kunda ular oyog‘ingiz ostidagi tuproqday bo‘ladi, — deydi Sarvari Olam. —