NUR
Luqo 6
1Shabbat kunlarining birida Iso bug‘doyzordan o‘tib ketayotgan edi. Uning shogirdlari boshoqlardan uzib olib, kaftlarida uqalab, donlarini yeyayotgan edilar.
2Ba’zi farziylar esa ularga dedi: — Nega sizlar Shabbat kuni qonunga xilof ish qilyapsizlar?
3Iso ularga shunday javob berdi: — Dovud hamrohlari bilan och qolganda nimalar qilganini nahotki sizlar hech o‘qimagan bo‘lsangiz?!