NUR
Luqo 12
1Shu orada minglab odamlar to‘planib, bir–birlarini itarib siqishayotgan edilar. Iso avval shogirdlariga gapira boshladi: “ Farziylarning xamirturushidan, ya’ni ularning ikkiyuzlamachiligidan ehtiyot bo‘linglar!
2Axir, har qanday yashirin narsa ma’lum bo‘ladi, har qanday sir ochiladi.
3Shu bois qorong‘ida aytganlaringiz yorug‘likda eshitiladi, yopiq eshiklar ortida shivirlab aytganlaringizni uylarning tomi ustida baqirib e’lon qilishadi.”