NUR
Luqo 1
1Hurmatli Teofil! O‘zingizga ma’lumki, ko‘p odamlar oramizda Xudoning qilgan ishlari tafsilotini yozishga kirishganlar.
2Bu voqealarni yozishda ular bo‘lib o‘tgan hodisalarni boshidan ko‘rgan va ularni bizga yetkazgan odamlarning so‘zlarini asos qilib olganlar.
3Shuning uchun, men ham hammasini boshidan sinchiklab tekshirganimdan keyingina, bu voqealarning tafsilotini tartib bilan sizga yozib berishga qaror qildim,