NUR

Levilar 5

1Quyidagi vaziyatlarda gunoh qurbonligi keltirilishi shart: agar orangizdagi biror kishi guvohlik berish uchun mahkamaga chaqirilsa–yu, ko‘rgan yoki bilgan hodisa haqida guvohlik berishdan bosh tortsa, u jazoga tortilsin.

2Birontangiz harom narsaga — yovvoyi hayvonning, chorvaning yoki sudralib yuruvchining murdasiga qo‘l tekkizsangizu, harom bo‘lganingizni bilmasangiz, siz baribir aybdor hisoblanasiz.

3Bordi–yu, insonning biror nopokligiga qo‘l tekkizsangizu, harom bo‘lganingizni bilmasangiz, qilib qo‘ygan ishingizni anglaganingizdan keyin aybdor hisoblanasiz.

Nur ilovasida to'liq o'qish →