NUR

Levilar 10

1Horunning o‘g‘illari Nadov va Abihu o‘z otashkuraklarini olib, ichiga cho‘g‘ soldilar, cho‘g‘ ustiga xushbo‘y tutatqi tashladilar. Ular Egamiz amr etmagan begona olovni Uning huzuriga olib kirdilar.

2To‘satdan Egamizning huzuridan olov otilib chiqib, ularni kuydirib tashladi. Ikkovi ham o‘sha yerda, Egamizning huzurida halok bo‘ldilar.

3Shunda Muso Horunga dedi: — Egamizning, “Yonimda bo‘lganlar orqali Men muqaddasligimni ko‘rsataman, butun xalq oldida ulug‘lanaman”, deb aytgani mana shudir. Horun indamadi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →