NUR

Marsiya 4

1Voy sho‘rim! Oltin xira tortdi, Sof tilla jilosini yo‘qotdi. Har bir ko‘cha boshida Ma’bad toshlari sochilib yotibdi.

2Quddusning aziz farzandlari Oltindan ham qadrli edi, Evoh, endi esa ular Kulol yasagan sopol idishday Qadrsiz bo‘lib qoldilar.

3Hatto chiyabo‘rilar, O‘z bolalarini emizishar. Mening xalqim esa tuyaqushga o‘xshab qoldi, Ular o‘z farzandlariga shafqat qilmaydi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →