NUR

Marsiya 2

1Voy sho‘rim! Rabbimiz g‘azablanib, Qiz Quddusni zulmat bilan qopladi, U Isroilning salobatini Osmondan yerga uloqtirdi. Achchiq qahri kelganda, O‘z poyandozi bo‘lgan Ma’badini esga olmadi.

2Rabbiy ayovsiz vayron qildi Yoqub naslining maskanlarini. G‘azabi kelib yakson qildi Qiz Yahudoning qal’alarini. Oyoq osti qilib, xo‘rladi Shohlik va uning hukmdorlarini.

3U qattiq g‘azabga minib, Isroilning bor qudratini yo‘q qildi. G‘animlar hujum qilganda, O‘z xalqini himoya qilmadi. Avjiga chiqqan olov kabi, Yoqubning yurtini yondirib yubordi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →