NUR
Yoshua 9
1Iordan daryosining g‘arb tomonida turadigan barcha shohlar Yoshuaning g‘alabalari haqida eshitishgan edi. Ular qirlarda, qirlarning etaklarida, butun O‘rta yer dengizi qirg‘og‘i bo‘ylab to shimoldagi Lubnongacha bo‘lgan joyda yashaydigan Xet, Amor, Kan’on, Pariz, Xiv va Yobus xalqlarining shohlari edilar.
2O‘sha shohlar o‘z qo‘shinlarini bir qilib, Yoshua va butun Isroil xalqiga qarshi jang qilishga to‘plandilar.
3Ammo Givon aholisi Yoshuaning Yerixo va Ay shaharlariga qilgan ishlari haqida eshitib,