NUR

Yoshua 6

1Egamiz Yoshuaga shunday dedi: “Mana, Yerixo shahrini shohiyu sipohlari bilan birga sening qo‘lingga berdim.

2Shahar atrofini barcha jangchilar bilan bir marta aylangin. Olti kun shunday qilasan.

3Yettita ruhoniy ahd sandig‘ining oldida yursin. Ularning qo‘lida bittadan qo‘chqor shoxidan qilingan burg‘u bo‘lsin. Yettinchi kuni shahar atrofini yetti marta aylaninglar, ruhoniylar burg‘uni chalib yurishsin.

Nur ilovasida to'liq o'qish →