NUR
Yoshua 22
1Yoshua Iordan daryosining sharq tomonida ulush olgan Ruben, Gad qabilalarini va Manashe qabilasining yarmini chaqirib,
2shunday dedi: “ Egamizning quli Muso nima amr qilgan bo‘lsa, hammasini bajardingiz. Men buyurganlarimning hammasiga itoat qildingiz.
3Yurtni egallashga shuncha uzoq vaqt ketgan bo‘lsa ham, siz o‘z birodarlaringizni tark etmadingiz, Egangiz Xudo qo‘ygan talablarni bitta qoldirmay bajardingiz.