NUR
Yoshua 15
1Yahudo qabilasining urug‘lariga tushgan ulush yurtning janub tomonida edi. Ularning janubdagi yerlari Edom yurtining chegarasi bo‘lgan Zin sahrosigacha yetdi.
2Ularning janubiy chegarasi O‘lik dengizning janubiy qirg‘og‘idan boshlanadi.
3Chegara Chayonlar dovonidan o‘tib janub tomonga, Zin sahrosi tomon cho‘ziladi. Kadesh–Barna shahrining janub tomonidan o‘tib, Xazron shahrigacha boradi. Xazrondan o‘tgandan keyin esa Adar shahrigacha borib Karxa shahri tomonga buriladi.