NUR

Yoshua 12

1Muso boshchiligida Isroil xalqi Iordan daryosining sharqida bo‘lgan shohlarni mag‘lub qilib, ularning yerlarini egallab olgan edi. Bu shohlar janubdagi Arnon soyligidan shimoldagi Xermon tog‘igacha bo‘lgan yerlarda hukmronlik qilgan edi. Ularning yerlari Iordan vodiysining sharqidagi barcha yerlarni o‘z ichiga olar edi.

2Isroil xalqi mag‘lub qilgan shohlardan biri Amor xalqining shohi Sixo‘n edi. U Xashbon shahrida yashagan edi. Uning shohligi Arnon soyligining chetida joylashgan Aror shahrini va o‘sha soylikning o‘rtasidan to Yavoq daryosigacha cho‘zilgan joylarni, ya’ni Giladning yarmini o‘z ichiga olar edi. Yavoq daryosi Ommon xalqi yerining chegarasi edi.

3Sixo‘n Iordan vodiysining sharq tomonida ham hukmronlik qilgan edi. Bu hudud shimol tomondagi Jalila ko‘lining g‘arbiy qirg‘oqlarigacha, janub tomondagi O‘lik dengizgacha, Bayt–Yashimo‘tdan Fisgax tog‘ tizmasining yon bag‘irlarigacha bo‘lgan joylarni o‘z ichiga olar edi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →