NUR
Yoshua 11
1Xazor shahrining shohi Yobin Yoshuaning g‘alabalari haqida eshitdi. U quyidagi shohlarga shoshilinch xabar yubordi: Madon shohi Yo‘vovga, Shimron shohiga, Axshof shohiga,
2shimoldagi qirlarning shohlariga, Jalila ko‘lining janubidagi Iordan vodiysining shohlariga, g‘arbdagi qir etaklari va Nafo‘t–Do‘r shohlariga,
3sharq va g‘arbdagi Kan’on xalqlarining shohlariga, Amor, Xet, Pariz xalqlarining shohlariga, qirlardagi Yobus shohlariga, Mispax yeridagi, Xermon tog‘ining etagida yashaydigan Xiv xalqiga.