NUR
Yunus 1
1Bir kuni Amitay o‘g‘li Yunusga Egamiz shu so‘zlarni ayon qildi:
2“Qani, bo‘l, qudratli Naynavo shahriga bor. Jar solib, u yerdagilarni ogohlantir, chunki shahar ahli qilgan qabihliklar Menga yetib keldi.”
3Yunus yo‘lga tushdi, lekin Egamizdan qochib boshqa tomonga ketmoqchi bo‘ldi. U Yaffaga kelib, u yerda Tarshishga boradigan kemani topdi. Yo‘l haqini to‘ladi–da, Egamizdan qochib Tarshishga suzib ketgani kemachilar bilan kemaga chiqdi.