NUR
Yo'el 2
1Sionda burg‘u chalinglar! Egamizning muqaddas tog‘ida bong uringlar! Titrasin Yahudoning jamiki ahli, Axir, kelyapti Egamizning kuni. U kunga oz vaqt qoldi.
2Zimziyo zulmat kuni bo‘lur u kun, Bulut qoplagan tim qorong‘i bo‘lur u kun! Katta kuchli lashkar yurtni bosar, Yorishgan tongday tog‘lar uzra yoyilar. Bunaqasi azaldan hech sodir bo‘lgan emas, Bundan keyin ham hech qachon sodir bo‘lmas.
3Alanga yutib borar ular oldidan, Olov guvullab yonar ular ortidan, Biron jonzot qochib qutulmas ulardan. Ilgari edi zamin Adan bog‘iday, Endi bo‘lib qoldi qaqroq sahroday.