NUR
Yo'el 1
1Patuval o‘g‘li Yo‘elga Egamiz shu so‘zlarni ayon qildi:
2Ey, oqsoqollar, buni eshiting! Yahudo odamlari, siz quloq tuting! Yuz berganmi hech bunday falokat Sizning yoki ota–bobolaringiz zamonida?!
3Bu haqda farzandlaringizga ayting siz, Bolalariga so‘zlab bersin farzandlaringiz, Keyingi avlodga yetkazsin nabiralaringiz.