NUR
Yuhanno 4
1Iso Yahyodan ko‘ra ko‘proq shogird orttirib, suvga cho‘mdiryapti, degan xabar farziylarning qulog‘iga yetib bordi. Vaholanki, xalqni Isoning O‘zi emas, shogirdlari suvga cho‘mdirayotgan edilar. Bu xabar farziylarning qulog‘iga yetib borganini Iso eshitgach, Yahudiyani tark etib, yana Jalilaga yo‘l oldi.
2U yo‘lda Samariyadan o‘tishi kerak edi.
3Shunday qilib, U Samariyaning Sihar degan shahriga keldi. Bu shahar Yoqub o‘z o‘g‘li Yusufga bergan yerga yaqin edi.