NUR

Yuhanno 21

1Bu hodisalardan keyin Iso Jalila ko‘li bo‘yida yana shogirdlariga zohir bo‘ldi. Bu shunday ro‘y berdi:

2Shimo‘n Butrus, “Egizak” laqabli To‘ma, Jaliladagi Kana qishlog‘idan bo‘lgan Natanil, Zabadiyning o‘g‘illari va boshqa ikki shogird birga yig‘ilgan edilar.

3Shimo‘n Butrus yonidagilarga: — Men ketdim, baliq tutaman, — dedi. — Biz ham sen bilan boramiz, — deyishdi ular. So‘ng qayiqqa tushib, jo‘nab ketishdi. Lekin o‘sha kecha hech narsa tutisholmadi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →