NUR
Yuhanno 11
1Baytaniya qishlog‘ida Lazar ismli bir odam kasal yotgan edi. Maryam va uning opasi Marta ham shu qishloqda yashar edilar.
2Rabbimiz Isoga atir moy surtgan va Uning oyoqlarini sochi bilan artib quritgan o‘sha Maryam edi. Kasal yotgan Lazar esa Maryamning akasi edi.
3Opa–singil Isoga: — Hazrat, Sizning aziz do‘stingiz kasal, — degan xabarni yuborishdi.