NUR
Ayub 10
1Hayotdan to‘ydim! Evoh, endi bemalol shikoyat qilishdan, Alam–hasrat bilan gapirishdan o‘zimni tiymayman.
2Xudoga shunday deyman: “Meni hukm qilavermasdan, Menga qarshi bo‘lgan da’volaringni ayt.
3Meni ezishdan Senga biror foyda bormi o‘zi? Fosiqlarga shodlik bilan farovonlik beryapsan–u, Nima uchun meni — O‘z qo‘llaring ijodini rad etyapsan?!