NUR

Yeremiyo 8

1Egamiz shunday demoqda: “O‘sha vaqtda Yahudo shohlarining suyaklari, a’yonlarning, ruhoniylarning, payg‘ambarlarning va Quddus aholisining suyaklari qabrlardan olib chiqiladi.

2Ularning suyaklari quyosh, oy va osmon yulduzlari oldida sochib tashlanadi. Zotan bu odamlar osmon jismlarini sevar edilar, o‘shalarga xizmat qilar edilar, ularga ergashib, maslahat solar edilar, o‘shalarga sajda etar edilar. Ularning suyaklarini hech kim yig‘ib ko‘mmaydi, go‘ngday yer ustida yotaveradi.

3Bu yovuz naslning omon qolganlarini Men turli joylarga surgun qilaman. O‘shanda ular yashashdan ko‘ra o‘limni afzal ko‘radigan bo‘ladilar.” Sarvari Olamning kalomi shudir.

Nur ilovasida to'liq o'qish →