NUR

Yeremiyo 49

1Egamiz Ommon xalqi to‘g‘risida shunday dedi: “ Isroil tirnoqqa zormidi?! Uning merosxo‘ri yo‘qmidi?! Nimaga unda Mo‘laxga topinadiganlar Gad hududini egallab olishdi? Nimaga Ommon xalqi Gad shaharlarida yashayapti?”

2Egamiz demoqda: “Bu qilmishlari uchun shunday kunlar keladiki, Men Ommonliklarning Rabba shahriga qarshi jang e’lon qilaman. Rabba shahrini vayronalar uyumiga aylantiraman, Atrofdagi qishloqlariga o‘t qo‘yaman. Shunda Isroil xalqi bosqinchilarining yerlarini bosib oladi.” Egamizning kalomi shudir.

3Dod sol, ey Xashbon! Ay shahri vayron bo‘ldi! Ey Rabba aholisi, faryod qiling! Qanorga o‘ranib, marsiya ayting, Sarosimaga tushib badaningizni tiling. Axir, xudoyingiz Mo‘lax surgun qilinadi, Ruhoniylaru a’yonlaringiz asirga olib ketiladi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →