NUR

Yeremiyo 47

1Fir’avn G‘azo shahriga hujum qilishidan oldin, Filist xalqi haqida Egamizning shu so‘zlari Yeremiyoga ayon bo‘ldi:

2Egamiz aytmoqda: — Qarang, shimolda dushmanlar to‘planmoqda, Ular suvga o‘xshab ko‘pirib kelmoqda. Jo‘shqin daryo kabi toshib hovliqmoqda. Ular to‘fonday butun yurtni bosib ketadi, U yerdagi hammani — Shaharlar va odamlarni cho‘ktiradi. Xalq dodu faryod qiladi, Yurt aholisi fig‘on chekadi.

3Ot tuyoqlari tasir–tusur uradi, Aravalar taraq–turuq qiladi, G‘ildiraklar gursullaydi. Erkaklar ichidan zil ketadilar. Hatto bolalarini qutqargani ham Ular orqaga qaytmaydilar.

Nur ilovasida to'liq o'qish →