NUR
Yeremiyo 45
1Yahudo shohi Yo‘shiyo o‘g‘li Yohayiqim hukmronligining to‘rtinchi yili edi. Yeremiyo yuqoridagi so‘zlarni Neriyo o‘g‘li Boruxga aytib, o‘rama qog‘ozga yozdirgandan so‘ng, unga shunday dedi:
2Ey Borux, Isroil xalqining Xudosi — Egamiz sen haqingda shunday dedi,
3sen: “Sho‘rim qursin! Egam qayg‘u ustiga qayg‘u orttirdi, yurak–bag‘rim ezilib ketdi, jonimni qo‘yarga joy topolmayapman”, deb aytgan ekansan.