NUR

Yeremiyo 40

1Qo‘riqchilar sardori Nabizaradon Yeremiyoni Bobilga olib ketilayotgan Quddus va Yahudo asirlari orasidan zanjirband holda topib olib, uni Rama shahrida ozod qildi. Shundan so‘ng Yeremiyoga Egamizning so‘zi ayon bo‘ldi.

2Qo‘riqchilar sardori Nabizaradon Yeremiyoni yoniga chaqirib shunday dedi: “Egang Xudo, bu yurtga falokat keltiraman, deb aytgan edi.

3Mana, hozirgi kunda Egang aytganini qilib, yurtingga falokat keltirdi, chunki sizlar Egangizga qarshi gunoh qildingizlar, Uning aytganini qilmadingizlar. Shu sababdan bunday kulfat boshingizga tushdi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →