NUR
Yeremiyo 39
1Yahudo shohi Zidqiyo hukmronligining to‘qqizinchi yili, o‘ninchi oyida Bobil shohi Navuxadnazar Quddusga qarshi bor qo‘shini bilan kelib, shaharni qamal qildi.
2Zidqiyo hukmronligining o‘n birinchi yili, to‘rtinchi oyining to‘qqizinchi kunida Bobilliklar Quddus devorini yorib, shaharga kirdilar.
3Shahar qo‘lga olingach, Bobil shohining hamma a’yonlari shaharning O‘rta darvozasidagi mahkamalarda qo‘mondonlik qarorgohini joylashtirdilar. A’yonlarning orasida Nargalsharazar, Samgarnavu, bosh maslahatchi Sarsahim va amaldor Nargalsharazar bor edilar.