NUR
Yeremiyo 37
1Bobil shohi Navuxadnazar Yo‘shiyo o‘g‘li Zidqiyoni Yohayiqim o‘g‘li Yohayixinning o‘rniga Yahudo shohi qilib tayinladi.
2Ammo na shoh, na a’yonlari, na yurtdagi xalq Egamizning Yeremiyo orqali aytgan so‘zlariga quloq solar edilar.
3Shoh Zidqiyo Shalamiyo o‘g‘li Yohuxal bilan Masiyo o‘g‘li ruhoniy Zafaniyoni Yeremiyo payg‘ambarning oldiga yuborar ekan, shu gaplarni ayttirib yubordi: “Iltimos, biz uchun Egamiz Xudoga iltijo qil.”