NUR

Yeremiyo 34

1Bobil shohi Navuxadnazar o‘z lashkarlari, qo‘li ostidagi barcha shohliklaru xalqlar bilan birga Quddusga va uning yon–atrofidagi shaharlarga qarshi jang qilayotgan edi. Shunda Yeremiyoga Egamizning so‘zi ayon bo‘ldi.

2Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday demoqda: “Qani bo‘l, Yeremiyo, Yahudo shohi Zidqiyo huzuriga bor. Unga ayt: Egamiz shunday demoqda: “Men bu shaharni Bobil shohiga taslim qilaman, u shaharga o‘t qo‘yadi.

3Sen ham Bobil shohining qo‘lidan qochib qutula olmaysan. Odamlar seni tutib oladilar. Bobil shohining qo‘liga topshiradilar. Sen o‘z ko‘zing bilan Bobil shohini ko‘rasan, u sen bilan yuzma–yuz gaplashadi. Keyin seni Bobilga jo‘natib yuboradi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →